Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
“Qo‘sha qarish saodati” tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori hamda 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-167-son qarorining 3-ilovasi 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-sentabr kuni Qo‘shtol mahalla fuqarolar yig‘inida “Qo‘sha qarish saodati” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda uzoq yillar davomida birgalikda umr kechirib, qo‘sha qarigan keksalarning ibratli hayot yo‘lini yosh avlodga namuna sifatida targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirga 55 yildan buyon birgalikda umrguzaronlik qilib kelayotgan Toshboyev Nishonboy va Toshboyeva Ma’rifat, 56 yillik oilaviy hayot yo‘lini bosib o‘tgan Qosim Niyozov va O‘rozgul Niyozova , shuningdek, 58 yildan buyon birgalikda hayot kechirib kelayotgan Shavkat Nizomov va Jumagullar Nizomova taklif etildi.

Tadbir davomida ushbu oilalar vakillari o‘zlarining hayot yo‘llari, oilada baxt va totuvlikni ta’minlashda er-xotinning o‘rni, farzand tarbiyasi hamda oilaviy qadriyatlarning ahamiyati haqida so‘zlab berdilar.

Bugungi kunda mazkur oilalarning farzandlari mamlakatimizning turli sohalarida samarali mehnat qilib, yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Tadbirda tuman Kengashi deputati, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi O'. Akkulov ishtirok etib, tadbirga taklif etilgan oilalarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirdi.

Mazkur tadbir nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yosh avlodga yetkazish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda jamiyatda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5