Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, hududlarda qonun hujjatlari ijrosini bevosita joyiga chiqib o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni tegishli tartibda bartaraf etish maqsadida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov va kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 25-Orolbo‘yi saylov okrugi hududidagi Mashad qabristonida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida, avvalo, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ–276-son “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi ko‘zdan kechirildi. Mazkur Qonunning 1-moddasida dafn etish joylarini tanlash va saqlashda ekologik, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini ta’minlash dafn etish sohasidagi asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Qonunning 4-moddasiga ko‘ra esa dafn etish joylari tegishli ekologik, sanitariya, shaharsozlik normalari va boshqa talablar asosida saqlanishi lozim.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 362-II-son “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi ham o‘rganildi. Mazkur Qonunning asosiy maqsadlaridan biri chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olishdan iborat. Qonunda chiqindilarni to‘plash, joylashtirish, tashish, saqlash va zararsizlantirish bilan bog‘liq jarayonlarga alohida talablar belgilangan.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida Mashad qabristonidagi mavjud holat tahlil qilinib, ayrim infratuzilmalarni yaxshilash zarurati aniqlandi. Xususan, chiqindilarni yig‘ish joyi ta’mirga muhtoj ekani, shuningdek, qabriston hududida fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha yo‘laklar barpo etish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchilik va takliflar deputatlik nazoratiga olinib, qabriston hududining sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash, chiqindilarni yig‘ish joyini tartibga keltirish hamda piyodalar harakati uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 6