35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi

 ✏️ “12-Gul” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Nasibaxon Imomaliyeva tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, o‘zi
saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi yuzasidan axborot
berdi.
 

Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, aholiga ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy yordamlar hamda olib borilgan amaliy ishlar yuzasidan aniq ma’lumotlar taqdim etildi. 

🔰 Shuningdek kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilinib, aholidan kelib tushgan murojaat va takliflarni atroflicha o‘rganish, ularni qonun doirasida ijobiy hal etish hamda bu borada tegishli hamkor tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

▶️ Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1