Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Mahalla boshqaruvida yangi bosqich: "Saxovat" mahallasida PF–116-sonli Farmon ijrosi va deputatlik nazorati!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jurayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Saxovat” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari asosida tahlil qilindi.
O‘rganish davomida mahalla boshqaruv tizimidagi yangi mexanizmlarning ishlashi bo‘yicha quyidagilarga e’tibor qaratildi:
"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimning o‘zaro integratsiyasi. Ularning aholi xonadonlariga kirib borish, "xonadonbay" ishlash tizimi hamda muammolarni erta aniqlash mexanizmlari;
Raqamlashtirish va ochiqlik: Aholi murojaatlari bilan ishlashda qog‘ozbozlikdan voz kechish, PF-116 Farmoni doirasida yuklatilgan vazifalarni elektron bazalarda to‘g‘ri yuritish holati;
Davlat va mahalla muloqoti: Davlat organlari rahbarlari bilan muloqot tizimi, mahalla hayotiga daxldor qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik nazorati va fuqarolar ishtirokini ta’minlash darajasi.
"PF-116-sonli Farmon bilan mahalla boshqaruvi tizimi tubdan yangilandi. Endilikda mahalla yettiligi shunchaki xodimlar jamlanmasi emas, balki hududdagi har bir oilaning dardu tashvishini o‘z vaqtida eshitadigan va hal etadigan kuch bo‘lishi shart. 'Saxovat' mahallasidagi o‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, faollarimiz zimmasidagi mas’uliyatni chuqur anglagan holda, aholi bilan tizimli ishlashga harakat qilmoqdalar. Deputatlik nazoratimiz orqali ushbu ishlarni yanada jadallashtiramiz," — deya ta'kidladi kotibiyat mudiri.
O‘rganishlar yakunida "Saxovat" mahallasi faollariga aholi murojaatlari bilan ishlashda ochiqlikni ta’minlash, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Aniqlandi va bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 1