Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
Varganza mahallasidagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi
Tumanimiz hududlarida aholi turmush farovonligini oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali tashkil etish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zlidep Kitob tuman Kengashi raisi V.Parmonova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Uzoqov hamkorligida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Mas’ullar tumandagi eng yirik hududlardan biri bo‘lgan “Varganza” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati va bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida asosan quyidagi dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi:
“Mahalla yettiligi” faoliyati: Mahalladagi mas’ul xodimlarning o‘zaro hamkorligi, ijro intizomi va aholi murojaatlari bilan ishlash holati;
Tadbirkorlik va drayverlar: O‘zLiDePning asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi loyiha o'rganildi.
Slide 1 of 3