O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining sanitariya-gigiyena holati, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi hamda bolalarning xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlash muddati va saqlash sharoitlari o‘rganilib, oshxona faoliyati ham tahlil qilindi. Bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.