Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Deputat Urganjiyon mahalla ijtimoiy hodim ish faoliyati bilan tanishib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro holidan xabar olindi.

Mahallada aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida 11-Toshrabot saylov okrugi deputati M.Umurova tomonidan Urganjiyon MFY ijtimoiy xodimining faoliyati o’rganildi. O’rganish davomida ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish bo’yicha yuritilayotgan ish hujjatlari ko’zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va yordamga ehtiyoji bor fuqarolar xonadoniga tashrif buyurilib, ularning turmush sharoiti hamda mavjud muammolari o’rganildi. Suhbatlar davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday manzilli uchrashuvlar aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1