Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
DEPUTAT TOMONIDAN AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOlAR YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan Chilonzor tumani “Suvsoz” tarmoqlari boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi.

⚡️Mazkur deputat so‘rovida Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4-tor Karvonsaroy ko‘chasida mavjud ichimlik suvi tarmog‘i bilan bog‘liq muammolar ko‘tarilgan. Aholi murojaatlarida qayd etilishicha, ushbu hududdagi 150 metr uzunlikdagi suv quvuri eskirgani sababli avariya holatiga kelib qolgan hamda quvurdan suv sizib chiqishi kuzatilmoqda.

Natijada ko‘cha hududida doimiy namlik va suv to‘planishi yuzaga kelib, fuqarolar uchun noqulay sharoitlar vujudga kelmoqda. Mazkur holat nafaqat aholi e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda, balki hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Xususan, mazkur ko‘chada asfalt qoplamasi yotqizish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, mavjud eskirgan suv quvurlari almashtirilmasdan turib yo‘l-qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi ta’kidlangan. Chunki keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari yangi asfalt qoplamasining buzilishiga, qo‘shimcha xarajatlar va aholiga noqulayliklar tug‘dirishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Deputat so‘rovida mas’ul tashkilotdan “Beshqo‘rg‘on” MFY 4-tor Karvonsaroy ko‘chasidagi mavjud ichimlik suvi quvurining texnik holatini o‘rganish, o‘rganish natijalariga ko‘ra eskirgan va avariya holatidagi quvurlarni yangisiga almashtirish hamda suv sizib chiqishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Deputat tomonidan aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash hamda hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rilishi nazoratga olingan.

Slide 1 of 2