Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Bahrom Abduhalimov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduhalimov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduhalimov tomonidan Sergeli tumanidagi “Qumariq” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish uchrashuvi tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashiga partiyadan saylangan deputatlar, mahalla faollari, mahalla “yettiligi” vakillari hamda hudud aholisi ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, sayyor qabullar tashkil etish, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, birinchi chorak davomida 50 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, 10 ga yaqin murojaat va takliflar joyida o‘rganildi hamda ular yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari asosida mutasaddi tashkilotlarga og‘zaki va yozma murojaatlar yo‘naltirilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

📁 Bahrom Abduhalimov hisobot davrida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar majlislari hamda partiya deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish va qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surgani qayd etildi.

📉 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududdagi mavjud holat yuzasidan ham fikr almashildi. Jumladan, yoshlar bandligi, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, jamoat transporti, chiqindilarni olib chiqish, jinoyatchilikning oldini olish, investitsiyalarni jalb etish hamda aholi turmush sifatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, fuqarolar tomonidan mahalladagi obodonlashtirish ishlari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, ko‘p qavatli uylar atrofi, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. Ayrim masalalar joyiga chiqib o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq vazifalar belgilab olindi.

💡 Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, ularni amaliy hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda masalalarni tegishli sessiyalar va doimiy komissiyalar muhokamasiga kiritish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🗣 Ta’kidlanganidek, aholi bilan ochiq muloqot qilish, saylovchilar ishonchini oqlash va hududlardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7