Piyodalar xavfsizligi va yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
📍 Xalq deputatlari tuman Kengashining 8-Balandchayla saylov okrugi deputati O‘.Xo‘janov, Kengash kotibiyati mudiri M.Turopova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi N.Ro‘ziyevalar tomonidan Oynako'l mahallasida hududlarda ichki yo‘llar hamda piyodalar yo‘lakchalari holati o‘rganildi.
🚶 O‘rganishlar davomida piyodalar uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘lakchalarning holati va ulardan foydalanish qulayligi ko‘zdan kechirildi.
🛣 Shuningdek, ichki yo‘llarning amaldagi holati tahlil qilinib, mavjud infratuzilmaning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
📊 O‘rganish natijalariga ko‘ra, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.