Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov Istiqlol MFY ijtimoiy xodimning ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev tumanda eksportbop uzumchilik va intensiv bog’dorchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida muhokama qilingan masala joyida borib o’rganildi.
янв.21
Aholini tomorqadan samarali foydalanishi deputat e’tiborida.
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Mahallada yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokamasi deputat ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Parklar holati deputat e’tiborida
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat umumta’lim maktablarda yoshlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.
“Mening bog‘im” – ekologik madaniyat va yashil tafakkurni shakllantirish sari muhim qadam

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“Mening bog‘im” – ekologik madaniyat va yashil tafakkurni shakllantirish sari muhim qadam

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Murodxon Jo‘rayev hamda Sevara Fayziyevalar boshchiligida Yashnobod tumanidagi 255-sonli umumta’lim maktabida “Mening bog‘im” dasturi doirasida ekologik ta’lim va amaliy tabiatparvarlik tashabbuslariga bag‘ishlangan tadbir hamda muloqotlar tashkil etildi. Unda mutasaddi tashkilotlar, ta’lim sohasi vakillari, ekologiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🌿 Tadbir davomida ta’lim muassasasida ekologik madaniyatni shakllantirish, o‘quvchilarni tabiatni asrashga keng jalb etish, yashil hududlarni ko‘paytirish va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, maktab hududida barpo etilgan sayr yo‘laklari va yoritish tizimiga ega yashil maydonlar, tashkil etilgan issiqxona hamda unda o‘quvchilarning sabzavot yetishtirish bo‘yicha olayotgan amaliy ko‘nikmalari ekologik ta’limning samarali modeli sifatida alohida e’tirof etildi.

🪴 Qayd etilganidek, mazkur maskanda ekologik bilimlar faqat nazariy mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmay, balki o‘quvchilarning amaliy faoliyati, ko‘chat ekish, yashil hududlarni parvarishlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik tashabbuslarda faol ishtiroki orqali mustahkamlanmoqda. Bu esa yosh avlodda ekologik tafakkur, mas’uliyat hissi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

📚 Shuningdek, maktabda ta’lim sifati yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekani, o‘quvchilarning oliy ta’limga kirish darajasi 90 foizni tashkil qilayotgani, 122 nafar pedagogning 76 foizi oliy va birinchi toifaga ega ekani, ta’lim maskanining ekologik loyihalar va tanlovlardagi yuqori natijalari tufayli Yashnobod tumanida “Ekomaktab” maqomiga sazovor bo‘lgani alohida ta’kidlandi. Bu ko‘rsatkichlar ekologik tarbiya bilan sifatli ta’lim uyg‘unligini yaqqol namoyon etayotgani qayd etildi.

🔎 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida ham mazkur tashabbus yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarida sog‘lom va qulay muhit yaratish, bolalar uchun yashil va xavfsiz hududlarni kengaytirish hamda ekologik tarbiyani tizimli yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🤝 Yakunda “Mening bog‘im” dasturi doirasida maktablarda yashil hududlarni ko‘paytirish, ekologik loyihalarni kengaytirish, o‘quvchilarni amaliy tabiatni muhofaza qilish tashabbuslariga jalb etish hamda ekologik madaniyatni jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

🌱 Ta’kidlanganidek, bugun ekilgan har bir nihol, yaratilgan har bir yashil makon va berilgan har bir ekologik bilim — ertangi kun uchun sog‘lom, musaffo va barqaror kelajak poydevoridir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10