Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Karimova, viloyat Kengashi deputati A.Eshmatov va Paxtakor tuman Kengashi deputatlari X.Abduvohidov, Sh.Suvonqulov hamda K.Mamanovalar tumandagi “drayver” loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
Jumladan, Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan jami 3,125 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan “Samarqand” mahallasi hududidagi “Janubiy Mirzacho‘l” kanali qirg‘oqlarida tashkil etilgan aholi dam olish maskani sohil bo‘yi turizm obyekti bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida mazkur hududda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dam olish maskanining infratuzilmasi, sanitariya holati va xavfsizlik choralari ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar uchun qulayliklarni yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.