Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Zamondosh MFYda sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati D.Raxmatullayev, Kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixov, XDP Partiyasi Olmazor tumani Kengash raisi X.Xamidov, Nodavlat notijorat (Madad) tashkiloti Olmazor tuman hodimi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Zamondosh mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan hududdagi mavjud muammolar, jumladan:

 • Yuridik masalalari bo’yicha murojaat kelib tushdi ushbu murojaat Nodavlat notijorat (Madad) tashkiloti tuman hodimiga joyida yo’naltirildi masala ijobiy hal etildi.

 • ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirish,

 • hudud infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Ko‘tarilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda nazoratga olinishi ma’lum qilindi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi.

Aholi tomonidan bunday ochiq muloqot va sayyor qabullarni tashkil etish orqali hududlardagi muammolarga e’tibor qaratilayotgani uchun mamlakatimizda olib borilayotgan xalq bilan ochiq muloqot siyosati yuzasidan O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarga minnatdorchilik bildirildi. 🤝🇺🇿

Sayyor qabullar aholining muammolarini joyiga chiqib o‘rganish hamda ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda

Slide 1 of 7