✅O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tarbiyachi-pedagog xodimlarning faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
✅Shuningdek, joylarda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Deputatlar tomonidan maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratish, pedagog xodimlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga tavsiyalar berildi hamda ijrosini nazorat qilish deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.
✅Ta’kidlanishicha, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va uning sifatini oshirish Sho‘rchi tumanida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.