Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR YuZASIDAN TARG’IBOT IShLARI OLIB BORILDI.
янв.21
Deputat “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovida faol ishtirok etdi.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi Umedjon Barnoyev yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xotira va qadirlash kuni arafasida qabristonlarni chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarini borishi deputatlar nazoratida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Deputat tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlashda tomorqadan samarali foydalanish holati o’rganildi.
янв.21
Yoshlar uchun shashka va shaxmat bellashuvi tashkil etildi.
янв.21
Xotin-qizlar masalalari tuman deputati hamda "MADAD" NNT nazoratida ko’rib chiqildi.
Bolalar xavfsizligi — ustuvor masala

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva tomonidan Yunusobod tumani 15-mavze, “O‘zbekiston mustaqilligi” mahallasi, 51a, 51 va 49-uylar hovlisida joylashgan bolalar maydonchasidagi qator kamchiliklar aniqlandi.

O‘rganishlar davomida bolalar maydonchasida jarohatlanishning oldini oluvchi xavfsiz qoplama mavjud emasligi, maydoncha yaqinida sanitariya masofalari talablariga rioya etilmagan holda chiqindi to‘plash nuqtasi joylashgani, shuningdek, hudud yaqinida transformator podstansiyasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirib, sanitariya me’yorlari buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilishi, hududdagi kamchiliklar bartaraf etilishi va bolalar uchun xavfsiz muhit yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 1