Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi!

Sessiyada shahar hayoti va rivoji uchun muhim bo‘lgan qator masalalar muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1-masala, Shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

2-masala, Shahar prokurori, adliya maslahatchisi Sh.Suyunovning 2026-yilning 1-chorak davomida hududda qonun ustuvorligi, jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyat yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

3-masala, Shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Baykulovning 2026-yilning 1-chorak davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatlarni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyat yuzasidan hisoboti;

4-masala, Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 2026-yil 19-fevraldagi VII-20-12-9-131-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to'g'risida. 

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 7