Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
"Yoshlar - kelajak bunyodkori, "Adolatchi yoshlar" - adolatli jamiyat kafolati!

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi huzuridagi Toshkent Davlat transport universiteti talaba-yoshlari "Yosh adolatchilar" qanotining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

 Yig‘ilishda Toshkent Davlat transport universiteti talaba yoshlari yetakchisi, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Alisher Eshmatov, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi platformasida ilgari surilgan g‘oyalar asosida belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, yoshlarni ilm-fan, sun’iy intellekt, kitob o‘qishga qiziqtirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida universitet talaba-yoshlariga yaratilgan sharoitlar, endilikdagi vazifalari to‘g‘risida bir qator masalalarni muhokama qildilar. 

Yig‘ilish yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham javob olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/

Slide 1 of 3