Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Samarqand shahar Kengashi deputati Abbos Hazratqulov tomonidan Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashida o‘rganish ishlari olib borildi

 27-“Nurli yo‘l” saylov okrugidan saylangan deputat A. Hazratqulov Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar kengashida bo‘lib, kasaba uyushmasi tomonidan shahardagi ta’lim va fan sohasida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarga ko‘rsatilayotgan turli yordamlar bilan tanishdi.

   Tanishuv davomida 2026-yilning birinchi choragi mobaynida ishchi-xodimlarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun konsertlar tashkil etilgani, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazilgani, sanatoriylarga yo‘llanmalar berilgani, ijtimoiy ko‘makka muhtojlarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilgani, ma’naviyat soatlari tashkil etilgani hamda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uyushtirilgani qayd etildi.

     Kelgusida kasaba uyushmalari va shahar deputati bilan hamkorlikda joylarga chiqib, o‘rganishlar olib borish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1