Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat hamda "MADAD" NNT ishtirokida Guliston MFY hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar Poyjo‘y mahalla hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar “Qumrabot” mahallasida tashkil etilgan “Salomatlik marafoni”da faol ishtirok etdilar. Marafon aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash maqsadida o’tkazildi.
янв.21
“Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududida joylashgan “Mug’oncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova hamda Romitan tumani Kengashi deputatlari ishtirokida 2026-yil yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tumandagi “Romitan” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat, "MADAD" NNT va soha mutaxassislari ishtirokida chiqindi poligonlari faoliyati o’rganildi.
янв.21
Romitanda "Milliy o‘yinlar festivali" da 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva faol ishtirok etdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Barnoyev boshchiligida tegishli mutasaddi rahbarlar "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uy-joy massivlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Urganjiyon MFYda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi deputat e’tiborida.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.
Payariq tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish maqsadida 92-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish ishlari o'rganildi.

#24_yonalish 

Payariq tumanidagi 92-umumta’lim maktabida qurilish ishlari monitoring qilindi

🏛Payariq tumanida ta’lim sohasini rivojlantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish maqsadida 92-sonli umumta’lim maktabidagi qurilish ishlari o'rganildi.

📈Mazkur monitoring jarayonida Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Tolliboyev, Payariq tumani Kengashi deputati F. Shakarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinovlar ishtirok etdilar.

✅O'rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yangi binoni tez fursatlarda foydalanishga topshirish hamda maktab hududida sport zal qurish masalalarini hal etish bo‘yicha tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan deputatlik so'rovlari yuborish belgilab olindi.

🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61576423646308)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 4