Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Chelong’u MFYda ijtimoiy xodim ish faoliyati deputat e’tiborida..
янв.21
Parklar holati deputat nazoratida .
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.
янв.21
Aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Olis hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar holati deputat nazoratida.
янв.21
Deputatlar va “Madad” NNT hamkorligida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi .
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Mahalla aholisi va saylovchilar bilan deputat o’rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Mirobod tumani "Lolazor" mahallasidagi muammolar deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanbayev, Mirobod tuman Kengashi deputatlari Gulchehra Rixsiyeva, G.Kulmatova va F.Muxitdinova “Lolazor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni o‘rganishdi. O‘rganish jarayonida deputatlarga tuman 2-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O. Po‘latov, mahalla raisi M.Axmedov, profilaktika inspektori, qurilish kompaniyasi vakillari hamda mahalla faollari hamrohlik qilib, muammolar yuzasidan batafsil ma’lumot berishdi. Xususan, hududda istiqomat qiluvchi fuqaro Kadriya Shukurova tomonidan mahalla binosi ortida joylashgan bolalar maydonchasining holatini yaxshilash, uni zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mavjud sharoitlar bolalar uchun yetarli emasligi qayd etilib, yangi, keng va qulay bolalar hamda sport (workout) maydonchalarini barpo etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Shu bilan birga, mahalla binosining joriy holati va yangi bino qurilishi masalasi ham muhokama qilindi. Biroq aholi vakillari ustuvor yo‘nalish sifatida aynan bolalar va yoshlar uchun infratuzilmani rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratish lozimligini bildirishdi. Mahalla faollari va deputatlar tomonidan hudud xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash masalalari ham ko‘tarildi. Mazkur yo‘nalishda tuman 2-sonli IIB rahbariyati bilan joyida muhokama o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda nazoratga olish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Deputatlar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi masalalar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinishi to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘rganish yakunida aholining ko‘targan barcha masalalari yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini, muammolar bosqichma-bosqich hal etilishi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi ta’kidlandi. Xulosa sifatida aytish joizki, deputatlarning joylarga chiqib, aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lishi hududlardagi haqiqiy muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirib, aholining ehtiyoj va talablarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qilinishiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram tarmog‘ida:
https://t.me/MirobodKengash
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 

Slide 1 of 6