Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov Istiqlol MFY ijtimoiy xodimning ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev tumanda eksportbop uzumchilik va intensiv bog’dorchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida muhokama qilingan masala joyida borib o’rganildi.
янв.21
Aholini tomorqadan samarali foydalanishi deputat e’tiborida.
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Mahallada yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokamasi deputat ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Parklar holati deputat e’tiborida
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat umumta’lim maktablarda yoshlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.
🎓 Taxiatosh tumanida o‘quvchi qizlar tarbiyasi masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 🎓Taxiatosh tumanida o‘quvchi qizlar tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 

Taxiatosh tumanida “Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchi qizlarining tarbiyasi” mavzusida uchrashuv tadbiri tashkil etildi.   

Mazkur tadbirda quyidagilar ishtirok etdi va so‘zga chiqdi: 

▫️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda davlat
organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi — Otemisov Sharapat Jangabaevich 

▫️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshlig‘i — Axmedova Maryam Xalillaevna 

▫️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi — Shlimbetova Muxabat Yemjarovna 

Uchrashuv davomida o‘quvchi qizlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, ularning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, erta nikoh va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 

Tadbir yakunida mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.  

https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi

Slide 1 of 5