Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Chelong’u MFYda ijtimoiy xodim ish faoliyati deputat e’tiborida..
янв.21
Parklar holati deputat nazoratida .
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati deputat ishtirokida ko’rib chiqildi.
янв.21
Aholiga bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati deputat e’tiborida.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash ishlari deputat nazoratida.
янв.21
Olis hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar holati deputat nazoratida.
янв.21
Deputatlar va “Madad” NNT hamkorligida aholi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi .
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Mahalla aholisi va saylovchilar bilan deputat o’rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Yangi O‘zbekiston – Yangi imkoniyatlar zamini

Yangi O‘zbekiston – Yangi imkoniyatlar zamini

Bugun biz shiddat bilan o‘zgarayotgan, yangilanib borayotgan zamonda yashayapmiz. Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas. Prezidentimiz rahnamoligida barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston – bu inson qadri ustuvor bo‘lgan, adolat, taraqqiyot va farovonlikka intilgan jamiyatdir.

“Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar zamini” degan g‘oya so‘nggi yillarda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyatini to‘laqonli aks ettiradi. Bugun har bir fuqaro o‘z qobiliyati, bilimi va tashabbusi bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega. Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, xalq bilan muloqot, uning dardini eshitish va yechim topish – bu biz, xalq vakillarining asosiy burchidir. Yangilanish jarayonida har bir fuqaroning faol ishtiroki, fuqarolik pozisiyasi va tashabbusi e’tibor markazida turishi lozim. Zero, yurt ravnaqi faqat hukumat yoki davlat organlarining emas, balki butun xalqning hamjihatligi, mehnati va jasorati bilan ta’minlanadi.Bugun mamlakatimizda yoshlarga, tadbirkorlarga, xotin-qizlarga, nuroniylar va ijod ahliga berilayotgan imkoniyatlar misli ko‘rilmagan darajada. Har bir sohada yangilanish, raqobatbardoshlik va xalqaro standartlarga moslashish jarayoni izchil davom etmoqda. Bu esa, albatta, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda mustahkamlangan huquqiy kafolatlar asosida amalga oshirilmoqda. Biz – deputatlar, xalq ishonchini oqlash, islohotlarga faol sherik bo‘lish va har bir inson hayotini yaxshilash yo‘lida izchil mehnat qilishimiz kerak. Chunki Yangi O‘zbekiston faqat davlat rahbariyati yoki siyosiy doiralarning emas, balki har bir fuqaroning Yangi O‘zbekistoni bo‘lishi lozim. Shu ma’noda, kelajakka bo‘lgan ishonchimiz mustahkam, maqsadimiz aniq: kuchli fuqarolik jamiyati va adolatli davlat qurish.

     Bu yo‘lda barchamiz hamjihatlikda, bir maqsad yo‘lida harakat qilsak, yurtimiz taraqqiyoti muqarrar bo‘ladi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gapparov Xusniddin Shaxridinovich

Slide 1 of 1