Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov Istiqlol MFY ijtimoiy xodimning ish hujjatlarini olib borish tartibi bilan tanishdi.
янв.21
1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev tumanda eksportbop uzumchilik va intensiv bog’dorchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida muhokama qilingan masala joyida borib o’rganildi.
янв.21
Aholini tomorqadan samarali foydalanishi deputat e’tiborida.
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish ishlari tahlil qilindi.
янв.21
Mahallada yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o’rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar masalalariga doir qaror loyihalarini ishlab chiqish va muhokamasi deputat ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Parklar holati deputat e’tiborida
янв.21
“Yoshlar kuni” munosabati bilan deputat umumta’lim maktablarda yoshlarga yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishdi.
2026-yil 30-yanvar kuni tuman hokimligi zalida “Tashabbusli budjet” bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.

Mirzacho‘l tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 29 avgustdagi PQ-264-son qarori hamda Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi KQ-280-V-son qarori mazmun mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar mahalla mas’ullari ishtirokida tashkil etilib, unda “Ochiq budjet” axborot portali orqali amalga oshiriladigan “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2026 yil 1-mavsumiga qadar takomillashtirilishi masalalari atroflicha tushuntirildi. Xususan, birgalikda ya’ni sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Seminar davomida 2026 yildan boshlab “Tashabbusli budjet” jarayonlarida joriy etiladigan muhim yangiliklar hamda joriy yildan kuchga kirgan o‘zgarishlar alohida ta’kidlandi. Jumladan, g‘olib bo‘lmagan loyihalar deputatlar tashabbusi bilan qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinishi, loyiha g‘olib bo‘lishi uchun minimal ovozlar soni 50 ta etib belgilanganligi, jihozlash loyihalarining maksimal qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming barobari etib belgilanganligi qayd etildi.

Sheriklik asosida moliyalashtirish tartibiga ko‘ra, aholi tomonidan loyiha qiymatining 50 foizi moliyalashtirilgan taqdirda loyiha avtomatik tarzda g‘olib deb topiladi. Bunda ovoz to‘plash talabi bekor qilinadi. Mablag‘ yetarli bo‘lmagan holatlarda esa to‘plangan mablag‘lar to‘liq qaytariladi.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, TOP 100 soliq to‘lovchi mahallalar, mahallalar soni 15 tadan kam bo‘lgan hududlar hamda sheriklik asosidagi loyihalarga tanaffus qo‘llanilmaydi.

Bundan tashqari, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga har bir mavsumda bittadan loyihani qo‘shimcha ravishda g‘olib qilish huquqi berilgan. 

Deputatlar tashabbusi doirasida har bir deputat o‘z saylov okrugidan bitta loyihani tanlab moliyalashtirishi belgilangan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun har yili 3,3 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Slide 1 of 4