Жаңалықлар

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan deputat so‘rovi yuborildi


Ko‘tarma mahallasidagi 15-, 24-, 29- va 33-uylar oldidagi yashil hududlarda daraxt va maysazorlarni muntazam sug‘orish tizimi mavjud emasligi yuzasidan aholi murojaatlari o‘rganildi.

Joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganish davomida mazkur hududlarda yashil maydonlarni saqlash va parvarishlash uchun zarur sug‘orish tizimi mavjud emasligi sababli daraxt va maysazorlarning qurib qolish xavfi borligi aniqlandi.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidov Ulug‘bek Aripovich tomonidan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Hamrayev Komol Kazimovich hamda Tuman Suvsoz tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i Baxodirov Lazizbek Baxodirovich nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:
🔹 hududni mutaxassislar ishtirokida o‘rganish;
🔹 daraxt va maysazorlarni sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish;
🔹 mazkur masala bo‘yicha mutasaddilarning rasmiy nuqtai nazarini bildirish so‘ralgan.

✔️Mazkur masala deputat nazoratiga olingan.

Slide 1 of 1