Жаңалықлар

Deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi VII-20-37-3-46-K/26-sonli qarori bilan aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda mahallalarni namunali hududga aylantirishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” Umar mahallasining ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan edi.
Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash doirasida Umar mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududda amalga oshirilayotgan ishlarning holati, obodonlashtirish jarayonlari hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2