Жаңалықлар

Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi 6-Muqumiy saylov okrugi deputati kotibiyati mudiri X.Ibragimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosi yuzasidan “Yoshlik” MFYdagi Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida yoshlar bandligi va amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi tahlil qilindi. “Yoshlik” MFY Yoshlar yetakchisi tomonidan hududda og‘ir toifadagi 4 nafar yosh mavjud bo‘lib, ular viloyat Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘iga biriktirilgan. Shuningdek, ishsiz 4 nafar yoshning bandligi ta’minlangan, ulardan 3 nafari doimiy ishga
joylashtirilgan, 1 nafar yosh esa 33 mln so‘m kredit olib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda.
Bundan tashqari yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.
  

Slide 1 of 2