Жаңалықлар

Deputat dorixona faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Saydabdullayeva Sayapr mahallasida joylashgan “Diyorbek Shohjahon” MChJga qarashli dorixonada bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi.

💊 Dorixona mahalla markazida joylashgani bois aholining keng qismi undan foydalanmoqda. Suhbat davomida sotuvchi S.Ro‘zmetova faoliyat jarayoni haqida ma’lumot berdi.

✔️ O‘rganish davomida dori-darmonlar sifati, ularning davlat standartlariga mosligi hamda xorijiy mahsulotlar bilan birga mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar mavjudligi qayd etildi.

💬 Tadbirkor tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yaratilayotgan imkoniyatlar amaliy faoliyatda yaqqol sezilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2