Sessiyani xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi raisi Tashpulatov Rustam Rasulovich olib bordi.
Sessiyada tumanimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
✅1-masala, O‘zbekston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-405-sonli qaror ijrosi yuzasidan Sardoba tuman “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
✅2-masala, Sardoba tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
✅3-masala, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori, Sardoba tumani deputatlarining “deputatlik so‘rovlari”ni inobatga olib tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;
✅4-masala, Sardoba tumanida ijtimoiy reyestrdagi I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlari ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risida;