#munosabat
EL DARDIGA DARMON QAROR
Mamlakatimizda oxirgi yillarda tibbiy islohotlar yuzasidan bajarilayotgan ishlar ko‘lami negizida el dardiga darmon bo‘lish vazifasi birinchi o‘rinda turibdi.
Shunday qarorlardan biri shu yili 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 382-sonli “Birlamchi tibbiy-sanitoriya yordami muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bugungi kunda fuqarolarning tibbiy xizmat borasidagi juda ko‘p savollariga javob bo‘ldi.
Qaror bilan tibbiyotda qaysi dori-darmon pulli, qaysinisi bepul, qaysi xizmat pulli, qaysinisi bepulligi aniq belgilab qo‘yildi.
Shu bilan birga qaysi kasalliklar va xastalikning qaysi bosqichini davlat budjeti tomonidan qoplab berilishi ham xalqimiz salomatligi yo‘lida qilingan eng yaxshi islohot bo‘ldi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Dilorom Maxamadaliyeva