Sessiya ishida 2025-yilning iyun oyi mobaynida Uchko‘prik tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuv hamda muloqotlarda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar yuzasidan tasdiqlangan chora-tadbirlar ijrosi to‘g‘risida;
2025-yilning ikkinchi choragi davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Uchko‘prik tumanida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2025-yilning ikkinchi choragi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash borasida Uchko‘prik tumanida olib borilgan ishlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti to‘g‘risida;
2025-yilning ikkinchi choragi mobaynida Uchko‘prik tumanida aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samaradorligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari keskin ko‘tarilishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
Uchko‘prik tumanida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari
qabul qilindi.