Жаңалықлар

Yashil iqtisodiyot – ekologik barqarorlik sari muhim qadam

 Tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Baxrom Maxmatrayemov boshchiligida mazkur masalaga oid masʼullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman ekologik holati, mavjud muammolar, yashil energiya manbalarini joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda taʼkidlanganidek, yashil iqtisodiyotga o‘tish — bu nafaqat ekologik barqarorlikni taʼminlash, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsion
texnologiyalarni rivojlantirish va aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lida ham muhim qadamdir. 

Tadbir yakunida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, “Yashil iqtisodiyot” tamoyillarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar belgilandi.  

Slide 1 of 4