Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida doimiy komissiyaning navbatdagi yigʻilishida tumandagi sanitariya va epidemiologiya nazorati yoʻnalishidagi amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy - tahliliy muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Bugungi kunda Gʻallaorol tumanida juda katta ijtimoiy - iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Biroq tumanimizdagi ayrim joylardagi sanitar holatlar fuqorolarning haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Deputatlar mazkur masalani muhokama qilish jarayonida ushbu yoʻnalishda vakolatli tashkilot faoliyatini oʻrganishga, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha qaror qabul qildi.