Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Qorajonov, Yoshlar masalalari boʻyicha tuman hokimi oʻrinbosari Gʻ. Toʻychiyev, tuman Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi J. Norbekov va mahalladagi yoshlar yetakchilari birgalikda "Korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlarini amalga oshirish" boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda soʻz olganlar "Yoshlar daftari " tizimidan samarali foydalanish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot materiallarini keng qoʻllash, yoshlar oʻrtasida bu salbiy illatga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.