#munosabat
Vazirlar Mahkamasining 832-sonli qarori hamda SSVning 41-sonli buyrug‘iga asosan barcha turdagi tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiy ro‘yhatlar shakllangan hamda iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga tibbiy sug‘urta jamg‘armasi shakllangan.
Bunga ko‘ra, barcha oilaviy poliklinikalarda alohida tibbiy xizmatlar, jumladan bemorlarni qabuli, tibbiy ko‘riklar, shaxslarga ko‘rsatilgan tibbiy profilaktika xizmatlari, laborator tekshiruvlar, davolash, muolaja va amaliyotlar, tibbiy yordamlar davlat tomonidan “BEPUL” ko‘rsatiladi.
Barcha birlamchi tizimlarda ya’ni oilaviy shifokor punklarida, oilaviy poliklinika, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda birinchi yordam dori-darmonlar, bir marotaba ishlatiladigan tibbiy jihozlar ham “BEPUL” amalga oshiriladi. Undan tashqari homiladorlar uchun polivitaminlar , maktab yoshidagi bolalarga yod preparatlari hamda gijja kasalliklarga qarshi preparatlar ham “BEPUL" berilmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Zulfiya Xakimova