Жаңалықлар

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalaridan:

🚩 Deputat xizmatdan tashqari vaqtda ham o‘zining sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘si hamda Kengash nufuziga putur yetkazadigan, deputatlik vakolatlarini suiiste’mol qilish deb baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishi lozim. Jumladan:

🟢 jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) odob qoidalariga amal qilishi, salbiy va ortiqcha e’tiborni tortuvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;

🟢 dabdabachilik, shuhratparastlik, guruhparastlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlardan chetda bo‘lishi;

🟢 jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi yo‘naltirilgan harakatlarga aralashmasligi hamda boshqalarni noqonuniy harakatlarga undamasligi shart.

📣 Shaxsiy munosabatlarda deputat halol, kamtar va xushmuomala bo‘lishi, hech kimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasligi zarur.

✍️ Kundalik hayotda odob me’yorlariga rioya qilish deputatning ajralmas burchidir. U kiyinish uslubida sipo va kamtarona bo‘lishga intilishi lozim.