Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#Deputat_soʻrovi #Oltinsoy_tumani #Kuz_qish_mavsumi
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
TUMAN MARKAZIGA ELTUVCHI YO‘L ASFALTLANMOQDA
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputat_daftar
янв.21
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#19¹_modda #Ekspert_guruhi #Kengash_Qarori_ijrosi #Deputat_nazorati
янв.21
#Deputat_soʻrovi_ijrosi #Oltinsoy_tumani #Jiyanbobo_MFY #Polvon_ota_ko_chasi #Aholi_murojaati #Infratuzilma
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #Kunlik_ish_reja_ijrosi #DeputatFaoliyati #Ekspert_guruhi
Termiz shahrida yo‘l belgilarining ko‘rinishi va harakat xavfsizligi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Termiz shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasining holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlari davomida shahar markaziy ko‘chalarida o‘rnatilgan ayrim yo‘l belgilarining ko‘rinishi daraxtlarning o‘sib ketgan shox-shabbalari bilan to‘silib qolayotgani aniqlandi. Ushbu holat haydovchilarning yo‘l belgilaridagi talablarni o‘z vaqtida ko‘rishi va to‘g‘ri anglashiga to‘sqinlik qilishi, natijada yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Kengashning ekspert guruhi rahbari, 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov tomonidan Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Saribayevga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda shahar markaziy ko‘chalaridagi yo‘l belgilarining ko‘rinishiga xalaqit berayotgan daraxt shox-shabbalarini aniqlash, ularni belgilangan tartibda tartibga keltirish, zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish so‘raldi.

Asosiy maqsad — yo‘l belgilarining doimiy ravishda ko‘rinib turishini ta’minlash, haydovchilar va piyodalar xavfsizligini oshirish hamda shahar ko‘chalarida harakatlanish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat.

Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tegishli mas’ullarning amaliy choralar ko‘rishi yuzasidan ishlar davom ettiriladi.