Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

SARDOBADA “VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARIGA GUVOHNOMALAR TOPSHIRILDI

Tadbirda Sardoba tumani deputat hokimi Ziyadulla Karimov va deputat B.Bo'tayevlar ishtirok etib, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Tantanali marosim doirasida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati safiga qabul qilingan Birlashgan mahallasidagi 5-maktab va 18-maktablarning yuqori sinf o‘quvchilariga tuman hokimi tomonidan guvohnomalar topshirildi.
Tadbir davomida yoshlarning bilim olishi, o‘z ustida ishlashi, sport bilan shug‘ullanishi va kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishi zarurligi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 7