27-sonli umumta’lim maktabidagi ta’lim sharoitlari va mavjud holat o‘rganildi
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati R. Xolboboyev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Abduhalilov tomonidan hududdagi 27-sonli umumta’lim maktabining faoliyati bilan tanishish jarayonida ta’lim muassasasining mavjud holati va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1980-yilda tashkil etilgan 27-sonli umumta’lim maktabi 450 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda unda 500 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. O‘rganish davomida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati, mavjud imkoniyatlari hamda o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.