Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

BOKS SAROYI QURILISH ISHLARI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda deputat J.Mamadaliyev tomonidan Bo‘ston mahallasida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan boks saroyi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.

Tanishuv davomida qurilish ishlarining borishi va obyektning tayyorlik holatiga e’tibor qaratildi. Mazkur sport inshootining foydalanishga topshirilishi yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, boksga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ular uchun munosib sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi..

Slide 1 of 4