Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

ANIQLANGAN MUAMMOLAR DOIMIY KOMISSIYALAR MUHOKAMASIGA KIRITILADI

ANIQLANGAN MUAMMOLAR DOIMIY KOMISSIYALAR MUHOKAMASIGA KIRITILADI

💎Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati tomonidan tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Turayevga tegishli topshiriq va tavsiyalar yetkazildi.

💎Mazkur hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qaroriga muvofiq, “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari bayon etilgan.

💎Shuningdek, oktabr oyida o‘tkazilgan uchrashuvlarda aniqlangan masalalarni doimiy komissiyaning navbatdagi majlisida muhokama qilish, zarur hollarda esa hal etilmagan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish belgilangan.