Baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari O'rta Chqirchiq tuman Kengashi deputati K.Djumanazarova tomonidan baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish maqsadida baliqchilik bilan shug‘ullanayotgan fermer xo‘jaliklarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyuldagi PF-122-sonli «Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
Farmonda baliq yetishtirish hajmini oshirish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish va tabiiy hamda sun’iy suv havzalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklarida baliq yetishtirish jarayonlari, suv havzalarining holati, ozuqa ta’minoti, mavjud imkoniyatlardan foydalanish samaradorligi hamda faoliyat davomida yuzaga kelayotgan muammolar ko‘rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!