Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

O‘rtovul mahallasida asfaltlangan ko‘chalar holati o‘rganildi

O‘rtovul mahallasida asfaltlangan ko‘chalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari G.Baynazarova va B.Baxovadinovlar tomonidan O‘rtovul mahalla fuqarolar yig‘inida asfalt qilingan ichki ko‘chaning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida asfalt qoplamasining holati, aholining harakatlanishi uchun yaratilgan qulayliklar hamda yo‘l infratuzilmasining bugungi kundagi ahamiyati ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3