Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Doimiy_komissiya_qarori
янв.21
#Sessiya_kun_tartibi Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan tuman prokuraturasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#Deputat_so‘rovi #Aholi_murojaati #Maktabgacha_va_maktab_ta_limi #Yoshlar_va_Sport
янв.21
#Doimiy_komissiya_qarori
янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #savolnoma_asosida #Deputat_nazorati
янв.21
#deputat_va_hokimi_o‘rinbosari_qabul
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Shaldiramoq ko‘chasi, 6-uy, 15-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Ibragimovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy ahvoli va kundalik ehtiyojlari bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro oilasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgan.

Tashrif davomida oilaning bandlik bilan bog‘liq masalasi ham muhokama qilindi. Jumladan, fuqaroning voyaga yetgan farzandini ishga joylashtirishga ko‘maklashish yuzasidan kelishib olindi.

️O‘rganish jarayonida oilaning ijtimoiy ehtiyojlari, ko‘rsatilgan yordam choralari hamda bandlik masalasini hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3