Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#ekspert_guruhi #Biriktirilgan_tashkilot #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurash #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA BIRLASHAYLIK
янв.21
#Deputat_so‘rovi #Aholi_murojaati
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
янв.21
#Madad_NTT
янв.21
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Murojaat_daftari
янв.21
#Deputat_va_yoshlar #Vatanparvarlik_tarbiyasi
янв.21
#deputat_vazifalaridan
янв.21
#deputat_va_hokim_o‘rinbosari #biriktirilgan_tashkilot #okrugda_o‘rganish #deputatlik_nazorati #yangi_maktab
янв.21
Tashabbusli budjet": Surxondaryoda deputatlar tashabbusi bilan 56 ta loyiha qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_va_hokim o‘rinbosari #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Olmazor mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

 Olmazor mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi O‘. Shukurov tomonidan Olmazor mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

📋 Shuningdek, mahallada muammoli oilalar bilan individual ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish jarayonlari ko‘rib chiqildi.

🤝 O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

📌 Mazkur o‘rganishlar mahalla darajasida amalga oshirilayotgan ishlarni deputatlik nazorati asosida qo‘llab-quvvatlash va Kengash kotibiyati bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

Slide 1 of 1