#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
FUQAROLAR BILAN BEVOSITA MULOQOT QILINDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva tomonidan Bunyodkor MFY hududida ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazildi.
Tashrif davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va murojaatlar tinglanib, ularning yechimini talab etayotgan masalalar joyida o‘rganildi. Aholi tomonidan bildirilgan takliflar ham qayd etilib, tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, murojaatlarning ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va deputatlik nazorati asosida kuzatib borish masalalariga e’tibor qaratildi.
Aholi bilan ochiq muloqot, muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.