📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan “Chag‘atoy” mahallasi hududida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati olib borildi.
🔎 Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-22-48-8-119-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan, 2026-yil 1-mavsumda “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tashabbuslarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida: 🔹 bajarilayotgan ishlarning borishi; 🔹 amalga oshirilayotgan ishlarning sifati; 🔹 belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. 🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan loyihalarning amalga oshirilish holati yuzasidan fikr almashilib, ishlarning sifatli va samarali bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Asosiy maqsad — ajratilayotgan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, aholi tashabbusi asosida ilgari surilgan loyihalarning sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borishdan iborat.