#24_tavsiya_doirasida
#13_band
Obodonlik va yong'in xavfsizligi holatlarini oldini olish masalalari o'rganildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi a’zosi E. Qulliyev hamda Kengash kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan 24-tavsiya ijrosining 13-bandi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida ko'p kvartirali uylar oldi qismi yo‘laklari va yo‘lak atrofidagi hududlarning tozaligi hamda obodonligi, shuningdek, yong‘in xavfsizligi belgilarining mavjudligi va holatiga e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — tozalik va obodonlikni ta’minlash, xavfsiz hamda qulay muhit yaratish.