Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔥 5-sonli maktab isitish tizimi ko‘zdan kechirildi

5-sonli maktab isitish tizimi ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugi hududidagi 5-sonli maktabda bo‘ldi.

🏫 Tashrif davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan, isitish qozonxonasining holati va mavsumga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

🔎 Mas’ullar bilan isitish tizimining barqaror ishlashi, xavfsizlik choralariga rioya etish va mavsumni betalofat o‘tkazish yuzasidan fikr almashilib, tegishli tavsiyalar berildi.