Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan tuman istirohat bog‘ining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bog‘ hududining umumiy obodonlashtirilganlik holati, yashil hududlar va daraxtlarni parvarishlash, sayr yo‘laklari, dam olish joylari hamda mavjud infratuzilmalarning holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, hududning sanitariya-tozaligi, xavfsizligi va fuqarolar uchun qulayliklar ko‘rib chiqildi.

Bog‘ hududini yanada ko‘kalamzorlashtirish, mavjud daraxt va butalarni asrab-avaylash, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida istirohat bog‘ini doimiy ravishda obod va ozoda saqlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud infratuzilmalarni yaxshilash hamda aholining mazmunli dam olishi uchun sharoitlarni yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4