📍 Yangiobod mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Yangiobod mahallasida profilaktika inspektorining faoliyati va xizmat vazifalarini samarali tashkil etish holati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash;
🔹 huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish;
🔹 profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish;
🔹 fuqarolar, mahalla faollari hamda mas’ullar bilan hamkorlik;
🔹 muammoli oilalar va profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.